2-iyun kuni Toshkentda Damas haydovchisi skuter haydovchisini urib yubordi. DYHXX holat yuzasidan izoh berdi.

YTH soat 23:50 da Sergeli tumani Mirzo-Tursunzoda — Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida skuter haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.