Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib muxolifatdagi Demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon saylandi, deb yozadi Yonhap.
Saylov byulletenlarining 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra u 49,42 foiz ovoz to‘pladi. Uning asosiy raqibi, hukmron “Xalq kuchi” partiyasidan nomzod Kim Mun Su 41,15 foiz to‘pladi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Janubiy Koreyada muddatidan oldin saylovlar Konstitutsiyaviy sud sobiq prezident Yun Sok Yolning impichmentini tasdiqlaganidan ikki oy o‘tib bo‘lib o‘tdi. 2024-yil 3-dekabrda u mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinib ko‘rdi, biroq Li Chje Myon boshchiligidagi parlament uning qarorini bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinroq deputatlar Yun Sok Yolning impichmenti uchun ovoz berishdi.
Li Chje Myon o‘zining g‘alabali nutqida “qo‘zg‘olonni bostirishga” va “harbiy to‘ntarish”ga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.