4-iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, shimoliy va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 33-38°, janubiy va cho‘l hududlarida 40° gacha ko‘tariladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s.ni tashkil etadi. Harorat 23-28° atrofida bo‘ladi.