Toshkentda 19 yoshli yigit turar joy binosi qarshisida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Marhumning jasadi 31-may kuni soat 06:30 larda poytaxtning Yashnobod tumani “Mavlono Riyoziy” massivi hududidan topilgan. Yigit Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashagan.
Mutaxassislar voqea joyini ko‘zdan kechirib, sud-tibbiy ekspertizasini tayinladi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.