Toshkentda Nexia haydovchisi Matiz bilan to‘qnashib ketib, ayolni urib yubordi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.

Voqea 31-may kuni Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Zarba kuchidan yonidagi daraxt ham sinib ketdi.

Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent filialiga yotqizilgan. Unga yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi, chap son suyagi sinishi tashxisi qo‘yilgan. Uni reanimatsiya bo‘limiga yotqizishdi. Ish bo‘yicha tergov boshlandi.