O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 5-8 iyun kunlari “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bayram kunlari Samarqand va Toshkent o‘rtasida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, 5, 6, 7 va 8-iyun kunlari aholi uchun “Afrosiyob” tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Safarlar jadvali quyidagicha bo‘ladi:

  • Samarqand—Toshkent: 10:55—13:15;
  • Toshkent—Samarqand: 13:56—16:14.

Bayram kunlari Toshkent shahrida jamoat transportining harakatlanish jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.