AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetiga o‘qish uchun kelayotgan xorijlik talabalarga Amerika vizalarini berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu “chet el fuqarolari toifalari”ning kirishi Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga zarar yetkazadi, chunki Garvardning xatti-harakatlari uni chet ellik talabalar va tadqiqotchilar uchun yaroqsiz joyga aylantirdi. AQSH Davlat kotibiga amaldagi Garvard talabalaridan F, M va J toifasidagi talabalar vizalarini qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Bunday chora-tadbirlar “milliy xavfsizlikni himoya qilish”ga qaratilgan bo‘lib, bu chet ellik talabalarni qabul qiladigan ta’lim muassasalaridan hukumat so‘roviga ko‘ra ular haqida zarur ma’lumotlarni taqdim etishni talab qiladi. Harvard AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining so‘rovlarini rad etdi va “faqat uchta talabaning noto‘g‘ri xatti-harakatlari haqida ma’lumot berdi”.

“Harvardning xatti-harakatlari shuni ko‘rsatadiki, universitet chet ellik talabalarga nisbatan o‘z intizomiy yozuvlari haqida to‘liq xabar bermaydi yoki ularni jiddiy nazorat qilmaydi”, deyiladi farmonda.

Farmonning amal qilish muddati bosh prokuror va ichki xavfsizlik vazirining tavsiyasiga ko‘ra 90 kunga uzaytirish imkoniyati bilan olti oyni tashkil etadi. Garvarddagilar “xorijlik talabalarini himoya qilishda davom etishlarini” aytishdi.