O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarning BAAga kelishdagi kechikishlar bo‘yicha shikoyatlariga munosabat bildirdi.

BAAdagi diplomatik vakolatxonalar ushbu vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha faol choralar ko‘rmoqda, diplomatlar vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va BAAning immigratsiya va boshqa tegishli idoralari vakillari bilan doimiy muzokaralar olib bormoqda.

Muzokaralar fuqarolarning imkon qadar tez va muammosiz mamlakatga kirishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, muammoni joyida hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, aeroportlarda sodir bo‘layotgan kechikishlar va tekshiruvlarning sabablari aniqlanmoqda, bu esa muammoning ildizlarini tushunishga va kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.

Fuqarolarga maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida Abu-Dabidagi elchixona va Dubaydagi bosh konsullik vakillari mahalliy aeroportlarda doimiy ravishda bo‘lib, yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatmoqda.