5-iyun kuni asosan quruq va issiq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumotida aytilgan.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, respublika shimolida 20-22 m/s gacha bo‘lgan kuchli shamol esishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli izg‘irin bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 17-25°, kunduzi 32-40°, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 23-28° bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.