Toshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismiga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha komissiyaga Yashnobod tumani hokimligidan “O‘zbek-turk do‘stlik xiyoboni”ga tutash ko‘chaga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish bo‘yicha taklif kelib tushdi.

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-1-moddasiga muvofiq, aholi fikrini o‘rganish maqsadida hokimlik aholini qayta nomlash bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga chaqirdi.

O‘z fikringizni quyidagi usullardan biri bilan bildirishingiz mumkin:

  • og‘zaki: +998-71-210-04-13 (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha);
  • xat yuborib, quyidagi manzilga: 100060, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy;
  • elektron shaklda geonom@digitaltashkent.uz elektron pochtasiga xat yuborish orqali;
  • geonom.tashkent.uz/oz saytida.

Poytaxt aholisi ovoz berish jarayonida joriy yilning 5 iyunidan 19 iyunigacha ishtirok etishi mumkin.