Toshkentga Ukrainadan bir guruh bolalar kelishdi, ular dam olishadi va reabilitatsiyadan o‘tishadi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan zarar ko‘rgan hududlaridan: Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyevdan kelgan. Ular 12 kun davomida dam olish va psixologik reabilitatsiya dasturidan o‘tadi.

Ukraina elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va ko‘magida tashkil etilgan gumanitar missiyaning maqsadi bolalarga ruhiy muvozanatni tiklash va kundalik havo trevogalari va hujumlardan dam olishga yordam berishdir.

Bolalar va ularning hamrohlari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘oldi hududidagi sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘l oldi.