Moskvada o‘zbekistonlik hamshira voyaga yetmagan bemorni zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Baza Telegram kanali xabar bermoqda.

16 yoshli jabrlanuvchi Moskvadagi xususiy klinikalardan biriga EKG qilish uchun kelgan. O‘smir “Vkusno i tochka”da ishlash uchun tibbiy daftarcha olmoqchi bo‘ldi.

Xonada o‘quvchini O‘zbekistondan Moskvaga kelgan 20 yoshli hamshira kutib oldi. U o‘zining ma’lumotlarini elektron jurnalga kiritdi, shundan so‘ng futbolkasini ko‘tarishni va shimini tushirishni so‘radi. Keyin, tergov versiyasiga ko‘ra, u o‘smirni zo‘rlay boshlagan.

Biroz vaqt o‘tgach, yigitning onasi klinika ma’muri bilan birga xonaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng voqea joyiga politsiya chaqirilgan. Tibbiyot xodimi hibsga olindi, unga nisbatan “jinsiy xususiyatga ega zo‘ravonlik harakatlari” moddasi bo‘yicha ish ochildi.