9-iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat 30-35° atrofida bo‘ladi.

Toshkentda kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 3-8 m/s, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat 33-35° atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.