10-iyunga o‘tar kechasi “Amirsoy” tog‘ kurort majmuasida restoran yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, soat 01:32 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahallasida joylashgan oshxonalardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Bino yog‘och konstruksiyalardan qurilgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 02:01 da o‘chirishga kirishilgan, yong‘in soat 02:13 da qurshab olingan va soat 04:20 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida restoranning taxminan 300 kv. m maydonda tomi, shifti, ichki qismi va mebellari yonib ketgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.