O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi migratsiya cheklovlari fonida norozilik namoyishlari avj olayotgan Los-Anjelesdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, namoyishchilar orasida O‘zbekiston fuqarolarining ishtiroki haqida ma’lumot yo‘q.

Diplomatlar AQShdagi vatandoshlarni ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etmoqda. Zarur hollarda fuqarolar AQShdagi elchixonamiz va bosh konsulxonamizga murojaat qilishlari mumkin.

Los-Anjelesda immigratsiya reydlariga javoban norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilarni tarqatish uchun prezident Donald Tramp shaharga Milliy gvardiya askarlarini kiritishni buyurdi. Kaliforniya gubernatori bu qarorni noqonuniy va “qasddan qo‘zg‘atuvchi” deb atadi va prezident ma’muriyatini sudga bermoqchi.