O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga Osiyo konfederatsiyasi saralash bosqichi turnir jadvalidan o‘rin olgan “A” guruhida ikkinchi o‘rin bilan yo‘l oldi.
O‘zbekiston o‘z maydonida Qatar jamoasini mag‘lub etib, 21 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu kuni Eron KXDRni mag‘lub etib, 23 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Har ikkala jamoa ham JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 15 va 13 ochkoga ega BAA va Qatar egallab turibdi. Ular saralashning to‘rtinchi bosqichida ishtirok etishadi. Qirg‘iziston 8 ochko va Shimoliy Koreya 3 ochko bilan guruhda 5-6-o‘rinlarni egallab turibdi.
O‘zbekiston 5-iyun kuni BAA bilan durang o‘ynab, muddatidan avval mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.