11-iyun kuni kunduzi asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s, shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat 30-35° atrofida bo‘ladi.

Toshkentda kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat 33-35° atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.