5-iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa soat 11:30 atrofida “Baytish” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. MAN TGS yuk mashinasining 30 yoshli haydovchisi velosipedda ketayotgan to‘qqiz yoshli bolani urib yubordi.

Jabrlanuvchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, u shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.