Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bir qator valyutalar narxi oshishi kutilmoqda. Asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:
- AQSH dollari – 12 706,79 so‘m;
- Yevro – 14 704,41 so‘m;
- Rossiya rubli 159,20 so‘m.
Markaziy bank 12-iyun uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 414 600 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:
- 5 gramm – 7 073 000 so‘m;
- 10 gramm – 14 147 000 so‘m;
- 20 gramm – 28 293 000 so‘m;
- 50 gramm – 70 733 000 so‘m;
- 100 gramm – 141 465 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.