Eron hukumati a’zolari va harbiy rahbariyati hujum bo‘lgan taqdirda Isroilga zarba berish variantlarini muhokama qildi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Tehron allaqachon “yuzlab ballistik raketalar” yordamida zudlik bilan qarshi hujum uyushtirishni o‘z ichiga olgan javob hujumi rejasini ishlab chiqqan.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamining aytishicha, Eron qurolli kuchlari“har qanday ssenariyga tayyor”.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorligi haqida ma’lumot bergandi.