12-iyun kuni Hindistonda Air India kompaniyasining samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi News 18 portali.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kema Hindistonning Ahmadobod aeroporti yaqinidagi turar joy hududida qulagan. O‘t o‘chirish brigadasi voqea joyiga yetib borgan, tezkor guruhlar safarbar qilinmoqda. Rasmiylar halokat sababini hali tasdiqlamadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 140 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa samolyot Londonga uchib ketayotganda sodir bo‘lgan. Dxarpurdan qalin tutun Meganinagar tumani yaqinida ko‘rinadi.

Keyinroq News 18 Dreamliner 787-8 bortida 250 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi.