Hindistonning g‘arbida halokat yuz bergan Air India samolyoti shifokorlar yotoqxonasi binosiga urilib tushdi. Bu haqda mahalliy politsiya zobiti brifingda ma’lum qildi.

Havo kemasida 242 kishi, jumladan 2 uchuvchi va 10 havo kema xodimi bo‘lgan, yo‘lovchilar orasida Hindiston, Kanada, Portugaliya fuqarolari hamda Buyuk Britaniya fuqarolari bor edi.

News18 telekanali 40 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Londonning Gatvik aeroporti aniqlik kiritishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:25 da qo‘nishi kerak edi. Ahmadoboddagi Sardar Vallabhay Patel nomidagi xalqaro aeroport aviahalokatdan so‘ng barcha faoliyatini to‘xtatdi.