Isroil Eronda harbiy operatsiya boshlashga to‘liq tayyorligini bildirdi. Bu haqda CBS Amerika manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Tegishli qaror haqida AQSH rasmiylari xabardor qilingan. Shu bilan birga, Oq uyning fikricha, Eron AQShning Iroqdagi ba’zi obektlariga javob zarbasi berishi mumkin.
Avvalroq Reuters Isroil Eronga hujum qilish arafasida ekani va go‘yoki bunga bir necha kun qolgani haqida yozgandi. Buyuk Britaniya barcha tankerlar va boshqa kemalarni Fors ko‘rfazini kesib o‘tishda shay turish haqida ogohlantirdi.
Bungacha Amerikaning Yaqin Sharqdagi barcha bazalari to‘liq jangovar shay holatga keltirilganligi ma’lum qilingandi. Pentagon yadroviy muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Eronning ehtimoliy zarbasini kutmoqda.