12-iyun kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi hududlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s, shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat 30-35° atrofida bo‘ladi.
Toshkentda kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 3-8 m/s, ayrim joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang ko‘tarilishi mumkin. Harorat 33-35° atrofida bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° atrofida bo‘ladi.