O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistonda Boeing Dreamliner 787-8 yo‘lovchi samolyotining qulashi yuzasidan izoh berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Air India samolyoti bortida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan.
Hindiston hududida samolyot halokatga uchragani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi. Ushbu fojiada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, samolyot 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod aeroporti yaqinidagi shifokorlar yotoqxonasi yaqinidagi turar joy hududiga qulagan edi. Havo kemasida 242 kishi, jumladan 2 uchuvchi va 10 havo kema xodimi bo‘lgan, yo‘lovchilar orasida Hindiston, Kanada, Portugaliya fuqarolari hamda Buyuk Britaniya fuqarolari bor edi.
News18 telekanali 40 kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Londonning Gatvik aeroporti aniqlik kiritishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 18:25 da qo‘nishi kerak edi. Ahmadoboddagi Sardar Vallabhay Patel nomidagi xalqaro aeroport aviahalokatdan so‘ng barcha faoliyatini to‘xtatdi.