12-iyun kuni Toshkentning Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarida ayrim aholi gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgazta’minot” xabar bermoqda.

Mas’ul organlar ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Ishlarni amalga oshirish maqsadida quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Sergeli tumanida soat 17:00 gacha: “Daryo bo‘yi” MFYdagi 658 ta xonadon, 5 ta ulgurji iste’molchi;
  • Mirobod tumanida soat 15:00 dan 17:00 gacha: Mehrjon ko‘chasi, 2 ta ulgurji iste’molchi;
  • Yashnobod tumanida soat 18:00 gacha: “Jiydali” mahallasida, 12 ta ulgurji iste’molchi.