Toshkentda ko‘chada ayolga tegajog‘lik qilgan erkak ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxtning Sergeli tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qarorida aytiladi.
Jinoyat 16 may kuni soat 22:00 larda “Saxovat” mahallasi hududida sodir etilgan. 33 yoshli erkak mast holda uy yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan notanish fuqaroga yaqinlashgan. Sudlanuvchi ayolning bo‘ynidan ushlab, lablaridan o‘pdi.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Jinsiy tegajog‘lik) 1-qismi bilan aybdor deb topdi. U besh sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.