Haj amalini ado etgan dastlabki ziyoratchilar Toshkentga qaytishdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Jiddadan HY-5304 reysi bilan kelgan samolyoti bortida dastlabki 245 nafar ziyoratchi bilan 12-iyun kuni soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Tashrif buyurgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining yangilangan uchib kelish maydonida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Hududlardan kelgan ziyoratchilar guruhlari kirish yo‘lagida maxsus avtobuslarni kutishadi.

12-30-iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta aviareys amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchi Hajdan qaytib keladi.