Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Yandex Go UB’ga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘mitaga Uzum Market kompaniyasidan murojaat kelib tushgan bo‘lib, unda Yandex Go televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Yandex Market haqidagi reklama roligida Uzum Market’ga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirgani va uning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazayotgani aytilgan.
Shu munosabat bilan qo‘mita maxsus komissiyasi Yandex Go‘ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.