Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kuzatuv kengashi qarori bilan Kovach “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori etib tayinlandi. U Vengriyada tug‘ilgan, Budapesht texnika universitetini avtomobil texnologiyalari muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U o‘z kasbiy faoliyati doirasida sifatni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va avtomobil zavodlarini boshqarish masalalariga mas’ul bo‘lgan.
Yanosh Kovach 2021-yildan buyon “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi va kompaniyaning auditorlik qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.