Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning Eronga hujumini qoraladi. Bu haqda u X`da yozgan.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir Binyamin Netanyaxu ma’muriyati butun mintaqa va dunyoni falokatga tortishga harakat qilmoqda.
Bugun ertalab Isroil mintaqamizni, ayniqsa G‘azoni qonga, ko‘z yoshlariga va beqarorlikka botirish strategiyasini amalga oshirishni juda xavfli bosqichga olib chiqdi. Isroilning qo‘shnimiz Eronga hujumlari xalqaro huquqni pisand qilmaydigan yaqqol provokatsiya.
“Netanyaxu ma’muriyati o‘zining beparvo, tajovuzkor va qonunga zid xatti-harakatlari bilan mintaqamizni va butun dunyoni halokatga tortishga harakat qilmoqda. Xalqaro hamjamiyat global va mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazishga qaratilgan Isroil banditizmiga chek qo‘yishi kerak”, — deb yozdi Turkiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga munosabat bildirgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi keng ko‘lamli qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning yanada avj olish xavfini xavotirli deb hisoblaydi.