16—19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo olib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ogohlantirdi.
16-17 iyun kunlari Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda boshqa viloyatlarda havo harorati kunduzi 40-42 darajagacha, janubiy va cho`l zonasida ba`zi joylarda 43-44 darajagacha ko`tariladi.
Mamlakat boʻylab shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonli qor yogʻishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yorug‘lik inshootlari ostida qoldirmaslikni tavsiya qildi .