O‘zbekistonda qulay ob-havo kunlari yakunlanadi. O‘zgidromet dam olish kunlari uchun prognozni taqdim etdi.
13-iyundan mamlakat hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi, asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi 33-35 daraja, dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35° atrofida, dam olish kunlari 36-38° bo‘ladi.