O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 13-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo asosan ochiq, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-25°, kunduzi 30-40°, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 20-25° atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo asosan ochiq, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bulutli, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.