Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida besh kun davomida issiq suv uzilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Veolia Energy.
Mutaxassislar mahalliy qozonxonalarda rejali texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini olib borish niyatida; bu yozgi mavsumga tayyorgarlik ko’rishda nazarda tutilgan.
Yozgi mavsumda barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida uskunani ta’mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish, nasos uskunalarini sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:
- 16-iyundan 20-iyungacha Robiyaxonim ko‘chasidagi “2-qozonxona”: “Ulug‘bek” mahallasi, 219 va 223-sonli bolalar bog‘chalari, 54-maktab, 9, 10, 11, 12, 13, 14a, 14b, 16, 16-uylar;
- 23-iyundan 27-iyungacha – Do‘stlik massividagi “4-sonli qozonxona”: “Do‘stlik mahallasi”, 587-sonli bolalar bog‘chasi, 286-maktab, 1, 2, 3, 4, 5, 6-uylar;
- 30 iyundan 4 iyulgacha – «5-sonli qozonxona»: Birlik mahallasi, 1-bino;
- 7 iyuldan 11 iyulgacha — Parkentskaya ko‘chasidagi “Parkentskaya 2/1” qozonxonasi: “Mirzakalon” mahallasi, 2/1, 2/3-son uylar;
- 14 iyuldan 18 iyulgacha — Q.Niyoziy ko‘chasidagi “Q.Niyoziy” qozonxonasi: “Lashkarbegi” mahallasi, 13, 16-uylar.