AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukrainadan hafsalasi pir bo‘ldi. “Коммерсантъ” nashri Oq uy rahbarining so‘zlarini keltirmoqda.
Respublikachining ta’kidlashicha, u tomonlar o‘rtasida tinch yechim yo‘qligi sababli Ukrainadagi harbiy mojaroni hal qilish jarayonidan chekinishga yaqin.
“Men Rossiyadan juda hafsalam pir bo‘ldi, lekin Ukrainadan ham hafsalam pir bo‘ldi, chunki, menimcha, bitimlar tuzish mumkin edi”, — dedi Tramp.
May oyi boshidan AQSH hukumati Vashington urushni hal qilishda vositachilik rolini to‘xtatishi mumkinligi haqida ogohlantira boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Jo Baydenni AQSH tarixidagi eng yomon prezident deb atagandi.