AQSh prezidenti ma’muriyati Immigratsiya va bojxona xizmatiga qishloq xo‘jaligi sektori, mehmonxonalar va restoranlarda reydlar va hibsga olishni to‘xtatishni buyurdi, deb yozadi The New York Times.

Ayni paytda odam savdosi, pul yuvish va giyohvand moddalar kontrabandasiga oid tergovlar ochiqligicha qolmoqda. Donald Trampning ommaviy deportatsiyalar kampaniyasi u yo’qotishni istamagan sanoat va saylov okruglariga zarar yetkazmoqda.

Los-Anjelesda 6 iyundan beri Oq uyning immigratsiya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.