Eron Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSH hukumatlarini Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujumlar boshlanishi haqida ogohlantirdi. Tehron yahudiy davlatiga yordam bergan har qanday mamlakatga zarba berishini ma’lum qildi. Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.

Eronning nishonlari orasida Isroil ittifoqchilarining Fors ko‘rfazidagi harbiy bazalari va kemalari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Tehron Qizil dengizdagi kemalarni ham nishonga olishga tayyorligini bildirdi.

Fars axborot agentligi xabar qilishicha, yaqin kunlarda Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilishni rejalashtirmoqda.

13-iyun kuni Isroil “Sherlar millati” operatsiyasini boshladi. Bunga javoban Eron qurolli kuchlari “Rostgo‘y va’da 3” nomli operatsiyani boshlab, ommaviy ravishda raketalarni uchirishni amalga oshirdi.