Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Malayziyaning AWC Berhad Muhammad Ehson kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Anvar Bin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi .
Uchrashuvda hokim hamkorlikka ochiqligini ta’kidlab, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi va qurilish sohalarida joriy va istiqbolli loyihalarni taqdim etdi.
Malayziya tomoni poytaxt transport tizimini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash loyihalari, logistika markazini yaratish kabi qator yo‘nalishlarda ishtirok etishdan dastlabki manfaatdorligini bildirdi. Muhokama qilinayotgan takliflar qatorida sayyohlik obyektlarini qurish, jumladan, hashamatli brendlarni jalb qilish va Toshkent vokzallarini rekonstruksiya qilish imkoniyati bo‘yicha takliflar ham bor edi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muloqotni davom ettirishga va o‘zaro manfaatli asosda tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.