Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Championat Asia xabar berdi.
Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan. Tayyorgarlik doirasida “oq bo’rilar” dunyoning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bir qator o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazishni rejalashtirgan.
Argentina bilan o’yin 20-28 oktyabr kunlari bo’lib o’tadi.O’yin Argentina hududida o’tkazilishi rejalashtirilgan.