14-iyun kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat 33-38°, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 40° gacha ko‘tariladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28°.