“Tuxum barak” taomi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi .
Bo‘limda bu taom o‘ziga xos tayyorlash usuli, tarkibi va qadimiy an’analarga asoslanganligi bilan ajralib turishini ta’kidladi. “Tuxum barak” asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bo‘lib, bu hududning boy madaniy va gastronomik merosini o‘zida aks ettiradi.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tish ushbu taomni qonuniy himoya qilish, sifati va obro‘sini saqlab qolish, Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.