“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanishga kiritilgan cheklovlar munosabati bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2025-yilning 16-iyunidan 30-iyuniga qadar Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur.
Bekor qilingan reyslardagi yo’lovchilar pulni qaytarish uchun ariza berishlari yoki sotib olgan chiptalarini keyingi sanalarga qayta bron qilishlari mumkin.