O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklovlar joriy etilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qaror issiq havo tufayli yer usti temir yo‘llarining relslari va metall qismlari sezilarli darajada qizib ketgani sababli qabul qilingan.

Tezlikka cheklovlar kiritilganda, poyezdlarda konditsionerlash tizimida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, cheklangan tezlikdagi poyezdlar yakuniy stansiyalarga jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq yetib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dim havo va jazirama kuchayadi. Soyada harorat 44 darajagacha ko‘tariladi.