Musulmonlar idorasi Fatvo markazi diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish mumkin emasligini ma’lum qildi.
Markazning ta’kidlashicha, platforma ba’zi sohalarda foyda keltiradi, ammo u inson tomonidan yaratilgan mahsulot bo‘lgani uchun diniy savollarga aniq javob bera olmaydi.
“Ba’zida u taxminiy javoblar berishi va hatto go‘yoki mavjud bo‘lgan kitoblarga ishora qilib, arabcha iboralarni keltirishi mumkin, ammo bu iboralar ko‘rsatilgan manbalarda ham, boshqa fiqhiy asarlarda ham uchramaydi”, — deyiladi xabarda.
Markazda ushbu masalalar bo‘yicha soha mutaxassislariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, fuqarolar diniy bilimlar manbaini albatta tekshirishga chaqirildi.