AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh rasmiylariga mamlakatning eng yirik shaharlarida yashovchi noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish bo‘yicha ko‘proq harakat qilishni buyurdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi .
Oq uy rahbarining taʼkidlashicha, AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati xodimlari «juda muhim vazifani – noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish boʻyicha tarixdagi eng yirik dasturni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishlari» kerak.
Buning uchun biz millionlab va millionlab noqonuniy muhojirlar yashaydigan Los-Anjeles, Chikago va Nyu-York kabi Amerikaning yirik shaharlarida noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish bo «yicha sa» y-harakatlarni kuchaytirishimiz kerak, dedi u.
Roʻyxatdagi shaharlar AQShning muxolif Demokratik partiyasi uchun alohida ahamiyatga ega. Oq uy rahbarining fikricha, demokratlar noqonuniy muhojirlarni «saylovdagi firibgarlikka» jalb qilmoqda va «ularni AQSh fuqarolari hisobidan ijtimoiy nafaqa va ish bilan taʼminlash» ga intilmoqda.
Tramp tegishli idoralarga mamlakatda noqonuniy bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, ularni deportatsiya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishni topshirdi.