Qonunchilik palatasida davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Hujjat Konstitutsiyaning 55-moddasini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra har kim sud orqali himoyalanish va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari yoki harakatlari bilan yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega.
Hozir O‘zbekistonda bunday zararni qoplashning yagona va aniq mexanizmi mavjud emas. Kompensatsiyalar sudlar tomonidan tayinlanadi, ammo zararni to‘lash va ayniqsa aybdor amaldorlardan undirish tartibi shaffof emas. Qonun loyihasi bir vaqtning o‘zida bir nechta asosiy o‘zgartirishlarni taklif qiladi:
- fuqarolarga yetkazilgan zarar tezkorlik bilan qoplanadigan hududiy kompensatsiya jamg‘armalarini tashkil etish;
- xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilgan mansabdor shaxslardan jamg‘armaga qo‘shimcha undiruv.
Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasi nafaqat fuqarolarning konstitutsiyaviy kafolatlarini mustahkamlaydi, balki o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishga moyil bo‘lgan amaldorlarni tiyib turuvchi omilga aylanadi. Uni birinchi o‘qishda qabul qilishdi.