17-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab asosan yog‘ingarchiliksiz issiq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi.
Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 20-28°, kunduzi 35-44°, tog‘li hududlarda 30° gacha ko‘tariladi.
Toshkentda oz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.