AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishini ma’lum qildi. Bu haqda Pentagon rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Pit Xegsetning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari tegishli qaror qabul qilingan.
Uning aniqlik kiritishicha, AQSH qurolli kuchlarini himoya qilish maqsadida qo‘shimcha qo‘shinlar olib kelinadi. Bu mintaqadagi mudofaa pozitsiyasini mustahkamlashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Eron Isroilni qo‘llab-quvvatlagan taqdirda AQSH, Fransiya va Britaniyaga zarba berish bilan tahdid qilgandi.