Toshkentda soat 21:00 da Toshkentdagi Sokin podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Buning oqibatida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Website